«raqamli texnologiyalar vazirligi» tegli maqolalar


“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident
20 dekabr 2023, 21:27

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident

Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, elektr ta’minoti billingiga doir rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

O‘zbekistonda raqamlarni ko‘chirish xizmatidan 1000 dan ortiq odam foydalandi — Sherzod Shermatov
5 noyabr 2023, 10:07

O‘zbekistonda raqamlarni ko‘chirish xizmatidan 1000 dan ortiq odam foydalandi — Sherzod Shermatov

O‘zbekistonda 1000 dan ortiq odam abonent raqamini saqlagan holda mobil operatorini o‘zgartirdi, deya ma’lum qildi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov. U kelgusida ko‘proq abonentlar uyali aloqa operatorlarini o‘zgartirishini kutmoqda.

Toshkent markazidagi AKT vazirligi va “Aloqabank” binolarini “Mikrokreditbank” sotib oldi
1 noyabr 2023, 23:50

Toshkent markazidagi AKT vazirligi va “Aloqabank” binolarini “Mikrokreditbank” sotib oldi

“Mikrokreditbank” Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolari xaridoriga aylandi. Bitimlarning umumiy summasi 387 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda
3 oktabr 2023, 21:15

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini hukumatga kiritdi. Xususan, xorijdan kelayotganlar uchun IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda.

“Mobil qullik” bekor qilinishi oktabr oxirida AKT haftaligida e’lon qilinadi — Raqamli texnologiyalar vazirligi
3 oktabr 2023, 20:09

“Mobil qullik” bekor qilinishi oktabr oxirida AKT haftaligida e’lon qilinadi — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati oktabr oxirida bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 haftaligida “mobil qullik”ka barham berilishini e’lon qiladi va raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish tartibini namoyish etadi, deya xabar qildi vazirlik “Gazeta.uz”ga .

USAID “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi
16 avgust 2023, 10:17

USAID “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Vashingtonda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha memorandum imzoladi.

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari bitta kompaniya tomonidan bank krediti evaziga sotib olindi
6 aprel 2023, 22:51

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari bitta kompaniya tomonidan bank krediti evaziga sotib olindi

Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” ma’muriy binolari elektron auksionda Black Gold Industry kompaniyasi tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olindi. “Aloqabank” auksiondan bir kun avval ushbu kompaniyaga 15 yil muddatga 14 foiz stavkada 390 mlrd so‘m kredit bergan.

O‘zbekistonda DNS ildiz serveri ishga tushiriladi
3 aprel 2023, 21:11

O‘zbekistonda DNS ildiz serveri ishga tushiriladi

Uzinfocom RIPE NCC internet-registratori bilan O‘zbekistonda DNS (K-Root) ildiz serverini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. AKT vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u qidirish tizimi va internet ishining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 15:38

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarlari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshliqlarini tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting